Rossiyada qarovsiz qolgan 17 nafar voyaga yetmagan bola Oʻzbekistonga qaytarildi

Oʻzbekistonga qaytarilgan barcha voyaga yetmagan bolalar yaqin qarindoshlariga yoki mamlakatimizdagi maxsus bolalar muassasalariga vasiylik qilish uchun topshiriladi.

Mamlakatimiz elchixonasi Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Ichki ishlar va Sogʻliqni saqlash vazirliklari vakillari bilan birgalikda Rossiya hududida qonuniy vakillari (ota-onalari) boʻlmagan 17 nafar voyaga yetmagan bolalarni Vatanga qaytardi.

Bundan tashqari, elchixona tomonidan bolalarga Vatanga qaytish uchun bepul sertifikatlar berildi.

Oʻzbekistonga qaytarilgan barcha voyaga yetmagan bolalar yaqin qarindoshlariga yoki mamlakatimizdagi maxsus bolalar muassasalariga vasiylik qilish uchun topshiriladi.

“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati

Powered by GSpeech