Albatta, maqolaga qo‘yilgan ushbu sarlavha umumiy mazmunga qandaydir tushkun ruh berayotgandek tuyulishi mumkin. Ammo unda aslo malomat yo‘q. O‘tmishni qoralash, o‘tganlardan gina-kudurat qilish niyatidan yiroqmiz. Qolaversa, bugungi yorug‘ kunlarimiz, erishayotgan yutuqlarimiz qiymatini akslantirish uchun uning ziddi – tarixning qorong‘i go‘shalaridan ulgi izlashga hojat ham yo‘q.
Shu o‘rinda savol tug‘ilishi tabiiy: hammasi rasamadidagidek ekan, unda alam nega?
1

«Afsonalar o‘z-o‘zlaricha yashamaydilar. Ular o‘zlariga bizning hayot va qon ato qilishimizni kutishadi. Dunyoda hech bo‘lmasa, bir odam ularning chaqirig‘iga javob bersa bas, afsonalar bizni bitmas-tuganmas obihayot bilan sug‘orishga shay. Bizning vazifamiz – ularni unutmaslik. Shunday qilishimiz kerakki, hech bir afsona o‘lim uyqusiga tolmasin», degan edi Alber Kamyu bir zamonlar.
O‘kinchning boisi, garchi aynan bo‘lmasa-da, farang adibi aytayotgan fikrga juda yaqin. Zotan, biz ham uzoq yillar afsonaviy tariximiz, madaniyatimiz, ajdodlarimiz kimu, bu dunyoda joyimiz qayerda bo‘lganini unutdik. Dunyoning cheti, uchinchi darajali bir davlat, xalq deb qarashlariga ko‘nikdik. Va eng alamlisi, zamonaviy dunyo sahnidagi madaniy va tarixiy o‘rnimiz qumga siнгgaн suvday «yo‘qolib» qoldi... «O‘zbek», «O‘zbekистон» so‘zlari haqiqiy mazmunidan chekinib, dunyo xaritasida qaysidir makonni topishda murojaat qilinadigan jug‘rofiy nuqta darajasiga tushdi. Mamlakatimiz nomidagi ot yasovchi «iston» qo‘shimchasi boshқа turdosh «iston»lar aro adashib, jo‘rttaga, ba’zan esa mutoyiba tarzida zikr etiladigan bo‘ldi...
Mushohadamizga jiddiy tus beradigan bo‘lsak, xorijlik mashhur bir siyosatshunosning taassuf bilan aytgan ushbu gapi ayni o‘ringa mos tushadi: «...umuman olganda, bugun xorijda ko‘pchilik odamlar Ibn Sino va Al-Beruniylar yurtini pisand qilmay, bu yerga boshqa biror manzilga borish uchun kesib o‘tish kerak bo‘lgan notinch hudud sifatida qaraydilar». Ha, bu borada u haq edi. Biz uning ta’rifidan xafa bo‘lishimiz kerakmaski, asl vaziyat ham shundan ortiq emasdi.
Holbuki, o‘sha siyosatchi ishora qilganidek, bizning vatanimiz intellektual va madaniy meros, siyosiy-harbiy an’analar jihatidan yuqorida aytganimiz boshqa «iston»lar aro «adashib» yurishga aslo «munosib» emas.
Holbuki, bu zamin insoniyat tarixida o‘chmas iz qoldirgan ikki buyuk uyg‘onish davri – musulmon va Temuriylar renessansiga beshik bo‘lgan. Dunyoning yarmini egallagan qudratli imperiya-saltanatlar markazi bo‘lgan.
Biroq qani o‘sha tarix, qani o‘sha bizga shon-sharaf, ulug‘vorlik va buyuk ruh baxsh etuvchi xotira?!.
Tariximizdan, asliyatimizdan ozgina xabardor har bir odamni bu savol og‘ir o‘yga toldiradi va ayni ma’naviy tushkunlik qalbida ohistagina alamni qo‘rlantiradi...
2
Bugun O‘zbekiston qanday yo‘lga kirganini va bu yerda nimalar bo‘layotganini zukko tahlilchilar, ma’rifatli insonlar ko‘rib, his qilib turganiga ishonaman. Ammo bir nozik jihat borki, buni hammayam ilg‘ab olayotganiga shubham bor. Men ilgarigi bir necha maqolalarimda bildirgan fikrimda sobitman – uzoq yillar ko‘p balolarni boshidan kechirishga majbur bo‘lgan bu yurt va uning xalqi endilikda nafaqat mamlakat suverenitetini mustahkamlash, balki unuttirilgan va bag‘ridan yulib olingan ulug‘ o‘tmish xotirasi, madaniyati va ajdodlari merosini tiklash hamda bu sharafli harakat o‘laroq o‘z kimligini topishga, ma’naviy yangilanishga bel bog‘ladi, desam, to‘g‘ri bo‘ladi.





Gapning mavridi keldi, bir masala bo‘yicha fikrimni ochiq aytmoqchiman. Zotan, uning bugungi maqolaga aloqasi bor. Mamlakatimizda Uchinchi Renessans masalasida gap-so‘zlar ko‘tarilgan va bu mulohaza g‘oya sifatida yuqori minbarlardan aytilgan kezlarda ba’zilar bunga istehzo bilan qaraganini yaxshi eslayman. Bunday kayfiyatdagilarni bugun «yo‘q» desam, yolg‘on gapirgan bo‘laman – shunday tushuncha va qarashdagilar hozir ham bor. Ammo muammo shundaki, bu kabi odamlar olib borilayotgan siyosatning faqat ustki qatlaminigina ko‘rayotir. Shavkat Mirziyoyev fenomenidagi «o‘zga»lik shundaki, u ichidagi orzu-armoni, o‘z xalqi, vataniga bo‘lgan yoniq muhabbatini namoyishkorona ifoda etmadi, pisanda qilganlar, turli darajadagi kinoya-yu qochirimlardan balandroq turdi. Ammo uning faoliyatini jiddiy kuzatgan kishi Prezident siyratidagi asl manzarani, otashin g‘oyani ilg‘ashi mumkin.
3
«...Nima uchun Islom sivilizatsiyasi markazini qildik? Millatimizning shonu shavkatini tarixga muhrlab qo‘yish uchun. Bu yerga kirgan odam chiqqandan keyin bu millatga ta’zim qilishi uchun qildik buni...».
Ayni iqtibos mazmunan Prezidentimizning shu yil mustaqillik bayrami arafasidagi faollar bilan bo‘lgan uchrashuvdagi jonli nutqidan olindi. Quyida keltiradigan matnimiz esa, davlat rahbarining 2023 yilgi nutqidan. Mana, unda nima degan edi:
«O‘tmishga nazar tashlar ekanmiz, achchiq bir haqiqatni tan olishga majburmiz: «o‘zbek» deganda, faqat erta-yu kech paxta dalasida mehnat qiladigan zahmatkash insonlar tasavvur qilinar edi. Afsuski, shu darajaga tushib qolgan edik.
Paxta hukmronligi o‘zbekning peshonasiga yozilgan balo bo‘ldi. Paxta siyosati Orolni quritdi, ekologiyamizni inqirozga olib keldi, iqtisodiyotimizni, ta’lim tizimini izdan chiqardi. Oqibatda bir necha avlod chalasavod bo‘lib voyaga yetdi. Biz buning asoratlari bilan haligacha kurashyapmiz».
Favqulodda ikki iqtibosni chog‘ishtirib o‘qigan kishi birinchisining keyingisiga nima aloqasi bor, degan xayolga borishi mumkin va bu tabiiy ham. Chunki ikki matn ham davr, ham mazmun jihatidan farqlanadi. Ammo ularni izma-iz maqolaga joylayotganimizning sababi bor. Sababki, ayni usul biz hali aytgan, davlat rahbari ichki olamini, orzu-armonlarini tusmollab ko‘rishda, asl istak va g‘oyani aniqlab olishda yordamchi bo‘ladi.
Darhaqiqat, iqtiboslar tagmatniga jiddiy e’tibor qilsangiz, keltirilgan murojaatlarning ko‘zdan panada qolayotgan ritorikasi ularni bir ma’noliga aylantirishi mumkinligiga shohid bo‘lasiz. Ya’ni, Prezidentning renessans, ma’naviy yuksalish haqida aytayotgan fikrlari, murojaatlari shunchaki, deylik siyosiy populizm emas, balki fundamental asosga, aniq rejaga asoslangan g‘oyadir. Mana, o‘zingiz bir e’tibor qiling, biz bugun maqolaga asosiy mavzu qilib tanlagan «Islom sivilizatsiyasi markazi» qurilishi fikri Prezident tomonidan aynan u endigina ishga kirishgan, 2017 yil o‘rtaga tashlangan va bu ulug‘ tashabbusga kirishilgan edi. Aynan o‘sha yillari Uchinchi Renessans, tarixiy madaniy meros, jumladan, musulmon va undan keyingi temuriylar uyg‘onish davri, buyuk ajdodlar xotirasiga qarashning yangi o‘zanga o‘tgani Prezident Shavkat Mirziyoyev mafkuraviy siyosatining asl o‘zagiga aylandi. Bir so‘z bilan aytganda, uning ichki olamida yashayotgan va mudom uni qiynayotgan birgina armon bordek tuyuladi ba’zan. Bu – millatning, vatanning qadr-qimmatini joyiga qo‘yish, toptalgan, ba’zan esa oyoqosti bo‘lgan shonu shavkatimizni ulug‘lash...
Men u kishining xalqimiz o‘tmishi, vatanimiz tarixi haqidagi yoniq suhbatlarini ko‘p bor eshitish baxtiga muyassar bo‘lganman: «O‘zbek yoki O‘zbekiston, desa nega doim paxta, osh, do‘ppi-yu chopon va yana paxta gulli choynak-piyolani, choyxona-yu mehmondo‘stliknigina misol qilishadi, shulardan boshqa dunyoga ko‘rsatadigan, bizni tanitadigan qiymatli narsamiz yo‘qmi? Buyuk tariximiz, dunyoni qo‘liga qaratgan, o‘z ilmi ziyosi bilan jahonni maftun qilgan ajdodlarimiz merosini nega dunyoga ko‘z-ko‘z qilmaymiz? Nega shunday buyuk tarixiy xotiradan hadiksiraymiz, bekitamiz, ko‘rmaganga olamiz, ulug‘larning nomlarini aytishdan, meroslarini elga tanitishdan cho‘chiymiz. Axir insoniyatga matematikadan tortib, tibbiyotgacha, falakiyotdan falsafa-yu musiqagacha dars bergan, bugungi zamonaviy ilm-fanning ko‘plab sohalariga asos solgan shu ulug‘larimiz emasmidi?! Oltoydan O‘rta yer dengizigacha, Misrdan Hindistongacha imperiyalar qurgan, dunyodan hisob so‘ragan o‘sha o‘zimizning bobolarimiz emasmidi?.. Bugun biz nega bunday ahvolga tushdik, bolalarimizning nega yelkasi qisiq, boshi xam, nigohlari yerga qadalgan?..».
Men Shavkat Miromonovichning og‘zidan bu gaplarni eshitganimga deyarli o‘ttiz yillar bo‘lgan. Va aniq bilamanki, o‘tgan davrlar mobaynida bu ichki dard – millat qayg‘usi uni ruhan millatparvar, vatanparvar va o‘z xalqining yovqur bir farzandi sifatida ulg‘aytirdi, tarbiyaladi.
Darhaqiqat, uning ichki malomati asossiz emas, mutlaqo adolatli edi. Ozroq badiiy ehtiros bilan aytadigan bo‘lsak, tarix bizga haqsizlik ko‘rsatayotgandek ham tuyulardi. Ammo chin haqiqat shuki, ulug‘ ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ilmiy g‘oya va kashfiyotlar nafaqat aniq fanlarda, balki tarix, geografiya, falsafa, madaniyat, san’at va arxitektura sohalarida ham dunyo ilm-fani va sivilizatsiyasi rivojida yangi sahifa ochgan. Xususan, buyuk bobokalonimiz Abu Muso Muhammad al-Xorazmiy asos solgan sanoq tizimi, Abu Ali ibn Sinoning «Tib qonunlari» asari, Abu Rayhon Beruniy oddiy usturlob yordamida Yer radiusini o‘ta aniqlik bilan o‘lchagani, 1492 yilda esa Христофор Kolumb Amerika sohillariga aynan Ahmad al-Farg‘oniy tuzgan Yerning darajasini aniqlash haqidagi hisob-kitoblari asosida yetib borgani – ota-bobolarimizning cheksiz aql-zakovati va yuksak ilmiy salоҳиятиdan dalolat edi. Va yana o‘z davrida Samarqand qog‘ozining dunyoda eng sifatli, deb e’tirof etilishi yoki Yevropadagi nufuzli saroy va ibodatxonalarning zeb-ziynati Farg‘ona vodiysida ishlab chiqarilgan ipakdan tayyorlangani ham ajdodlarimiz ma’naviy va moddiy merosining nechog‘liq beqiyos ahamiyatga ega ekanini yaqqol tasdiqlaydi. Bundan ham yorqinroq va qiziqarliroq faktni AQSHlik mashhur siyosatshunos olim Frederik Star bir maqolasida keltiradi. U birinchi renessans davri haqida gapirayotib shunday deydi: «...Markaziy Osiyoda oxirgi ulkan «madaniy energiyaning portlashi» Saljuqiy turklar hukmronligi ostida ro‘y berdi va taxminan 1037 yildan boshlab bir asrdan ko‘proq vaqt davom etdi. O‘zlarining sharqiy poytaxtlari bo‘lmish hozirgi Turkmanistonning Marv va bugungi Afg‘oniston – Eron chegarasidagi Nishopur shaharlaridan turib, ular ko‘p sohalarda kashfiyotchilarni qo‘llab-quvvatladi. Erishgan yutuqlardan biri sifatida keng joylarni qoplovchi qo‘shgumbazni keltirish mumkin. Dastlabki yutuqlar mahsulini hozir Marvning qarovsiz qolgan vayronalari misolida ko‘rishimiz mumkin. Florensiya ibodatxonasidagi Filippo Brunelleski gumbazi va Sankt-Peterburgdagi Avliyo Nikolay soboridan boshlangan «dunyo bo‘ylab sayohat» natijasida mazkur kashfiyot Vashingtondagi AQSH Kapitoliy binosining gumbazida ham o‘z aksini topdi».
Albatta, bu haqli e’tirof ajdodlarimizning me’morchilik san’atida ham mislsiz bo‘lganini ko‘rsatadi. Ammo buni bugun to‘rt-beshta mutaxassisdan bo‘lak kim biladi va e’tirof etadi? Kim xalqimiz va vatanimiz shunday ulkan salohiyatga ega bo‘lganini targ‘ib qiladi?.. O‘sha paytlardayoq men Shavkat Miromonovichning so‘zlari va ko‘zlarida aynan shu o‘kinchni, savollarning qotib qolgan suratlarini ko‘rganman...
4
O‘tgan asrning o‘rtalarida ijod qilgan yevropalik bir faylasuf o‘z davri, qit’a va jahonni qamrab olgan urush kulfatlari va qabohati haqida yozar ekan, «shunday olatasir bir zamonda rassomlar o‘z qo‘noqlarida xotirjam «mudrayotgan» tovuqlar tasvirini chizayotgan ekan, demak, insoniyat qalbida go‘zallikka, yaratuvchilik, тинчlik va ezgulikka bo‘lgan ishonch hali so‘nmagan», degan edi.
Men esa oradan deyarli bir asr o‘tgach, faylasufning fikrlariga quyidagicha qo‘shimcha qilishim mumkin: dunyo atom halokati ostida qolayotgan bir davrda (holbuki, bizning mintaqamiz to‘rt yadroviy davlat bilan qo‘shni) bundan ham taassuflisi, jahon tartibining egasiman, deydigan qudratlardan biri mudofaa vazirligi nomini «urush vazirligi»ga o‘zgartirish ehtiyoji haqida gap-so‘z qilayotgan bir mahalda insoniyat tamaddunlari, moziy merosi, san’at va abadiyat, umuminsoniy qadriyatlar haqida gapirish, bu borada katta ishlarga jur’at topish uchun odamda qalb qanday bo‘lishi kerak, degan savol qo‘ysam, buni kim o‘rinsiz, deya inkor qila oladi?! Yoki Kamyu nazarda tutgan, afsonalar o‘lim uyqusiga tolmasligi, bu olamda hech bo‘lmasa birgina odam ular chaqirig‘iga javob berishga o‘zida jur’at topa olishi, ularga hayot va qon ato qilishi kerakligini tarixiy zarurat sifatida англаyotganиga ishora qilsam, qanday kuch mening yo‘limga chiqishi mumkin?!.
Albatta, tahlil qilinayotgan mavzu mohiyatan shunday majoziy til, falsafiy tushunchalarga arziydi. Zotan, ayni g‘oya zamirida nafaqat millat va vatan manfaati, balki insoniyat tafakkurini umuminsoniy bir o‘zanga boshqarish, qarib va tobora zerikarli tus olayotgan dunyo uzra uyg‘onish qo‘ng‘irog‘ini chalishga, olamda ezgulik va go‘zallik hali mavjud ekaniga ishora bor. Bu haqdagi mulohazalarni sal keyinroqqa qoldiramiz.
5
Hozir boshqa, biz uchun muhim yana bir masala haqida gaplashsak. Men doim allaqanday ichki bir qizg‘anish bilan aytamanki, jahon madaniy tarixidan мuсtaҳкам o‘rin olgan «musulmon tamadduni» haqida global miqyosda gap ketganda yurtimiz ham, xalqimiz ham ko‘pincha «hisob»dan tushib qoladi. Aslida esa umuminsoniy qiymatga ega bo‘lgan bu merosga ko‘proq biz da’vogarroqmiz. Garchi Bog‘dod xalifalik markazi bo‘lgan va kimlardir ayni buyuk Uyg‘onishni Yaqin Sharq bilan bog‘lashga, yetuk allomalarni esa fors va yoki arab madaniy olamiga aloqador qilishga harchand urinmasin, tarixiy markaz hamda asosiy intellektual «baza» bizga tegishliligicha qolaveradi. Bu tarixiy aksiomadir. Mushohada qilayotgan fikrlarimizni F.Star bir asarida juda asosli va haqqoniy tarzda shunday ifoda qiladi: «...Xalifa Al-Ma’mun milodiy 818 yilda tayinlanganiga qaramay, Markaziy Osiyoni tark etishdan bosh tortdi va musulmon dunyosini hozirgi Turkmaniston hududida joylashgan betakror Marv shahridan turib boshқарди. Keyinchalik Bag‘dodga ko‘char ekan, u turkiy lashkarlari bilan bir qatorda o‘zi bilan forsiy va turkiy madaniyatlar ta’sirining «qorishmasidan» hosil bo‘lgan Markaziy Osiyoning qadriyatlarini olib ketadi. Markaziy Osiyodan Yaqin Sharqqa bu ko‘chish yunon bilim maskanlaridan Rimga qarab harakatlangan qadimiy «aqllar ko‘chishi» yo‘sinida ro‘y bergan».
Oksford universiteti ilmiy xodimi, qadimshunos olim Pol Uордсворт mintaqamiz o‘tmishi haqida fikr bildirarkan, uning o‘z vaqtida jahon tartibotida tutgan muhim o‘rni borasida gapiradi. «Ko‘pchilik sayyoramizning ulkan materigi Ovroosiyodagi bir-biriga tutash mintaqalar o‘zaro jips bog‘langan deb o‘ylaydi, – deydi olim, VVSga bergan intervyusida. – Aslida bunday emas. Chunki Markaziy Osiyoda dunyoning eng baland tog‘lari joylashgan. Uzun va asov daryolar oqadi.
Milodning birinchi ming yilligi o‘rtasida Markaziy osiyolik savdogarlar bu murakkab tabiatli mintaqani kezish va savdo-sotiq qilish hadisini olishgandi. Mintaqa faqatgina savdo yo‘llari yuragi emasdi. Bu yerda ilm-fan hamda ijod gurkiragan.
Olimlar shaharma-shahar yurib, bilim almashishgan. Ipak yo‘lidagi Buxoro va Samarqand kabi shaharlar ilm-fan markazlariga aylangan. Ular o‘z vaqtida Markaziy Osiyoning Oksfordi va Kembriji kabi bo‘lgan.
Ko‘pincha Ipak yo‘li haqida gap ketganda bilib-bilmay faqat yo Xitoy, yoki Rim imperiyalariga qarab fikr yuritishadi. Va bu holatda ikki o‘rtadagi hududlar go‘yoki tashqi ta’sirlar ostida qolgandek tasavvur paydo bo‘ladi. Markaziy Osiyoning haqqoniy tarixi esa ayni stereotiplarni o‘zgartirishga yordam beradi. Zotan, bu yerliklar o‘z aql zakosi hamda o‘ziga xos madaniyatlari bilan Ovroosiyoni bitta qilib bog‘lay olishgan...».
Lekin muammo shundaki, Uордсворт alohida aytayotganidek, haqiqatan ham, bu o‘lka uzoq yillar tashqi ta’sirlar soyasida qolib ketdi. Eng achinarlisi, bugun ham bizni u yoki bu buyuk qudrat (derjava)ning «tomorqa»si sifatida ko‘rsatib, saflardan surib chiqarishga intilayotganlar yo‘q emas...
6
Tan olish kerak, bizda tarixga nazar turli davrlarda turlicha bo‘lgan. Shunday vaqtlar bo‘ldiki, ba’zan uning itoatkor quliga aylandik. Ba’zan esa undan faxrlanish bilangina o‘zimizni ovutdik. Bilgunimizcha to‘qib-bichdik, qo‘lga qaychi olib, istagimizga mosladik. Ochiqroq gapiradigan bo‘lsak, sovet davrida moziyga qarashimiz qanday bo‘lganini ko‘pchilik yaxshi biladi. Ammo mustaqillikka erishgandan keyin ham o‘tmish madaniyatga munosabatlarimizda unchalik ko‘p o‘zgarish bo‘lgan emas. To‘g‘ri, bu borada umuman yangilik bo‘lmadi, deyish noinsoflik bo‘ladi. Nimalardir gapirildi, tashabbuslar ko‘rsatildi, ammo hali aytganimdek, xohishga ko‘ra. Ayni masalada gap ketar ekan, men Shahrisabzdan «yo‘lga tushib» Samarqand orqali poytaxt Toshkentning qoq markazida o‘zining tugal poetik ifodasini topgan ansambl – buyuk sohibqironning bronzadan yasalgan muhtasham siymolarini alohida aytgan bo‘lardim. Ulug‘ bobomiz shaxsi va merosiga ko‘rsatilgan ehtirom aytish mumkin bo‘lsa, mustaqillikning dastlabki yillarida qilingan eng katta ishlardan biri edi. Tarixiy yodgorlik o‘rnatilgan keng va ulug‘vor maydonga uning nomi berilishi hamda tutash manzilda Temuriylar tarixi davlat muzeyining bunyod etilishi o‘tmish merosga bo‘lgan rasmiy munosabatimizni yanada oydinlashtirdi. Ya’ni bunda Temur siymosi va saltanati mahobatini мuсtaқил davlatchiligimiz ramzi (shu o‘rinda aytish kerakki, bu g‘oya yaqin tariximizda ilk bor jadidlar tomonidan ko‘tarilgan. Ular bu borada faqat sohibqiron shaxsiyati bilan cheklanmagan. Ko‘kturk Atilla, Bilga Xoqon, O‘zbekxon va hatto biz mudom ikkilanadigan Chingiz xotirasi ham ular milliy tafakkurini yoritib turgan) sifatida qabul qilamiz, degan ma’no bordek edi. Ochig‘i, endigina erkinlikni qo‘lga kiritgan sobiq sovet респuбlikаsi uchun bu mutlaqo tushunarli va hatto olqishga arziydigan xodisa edi. Ammo bu xotirjamlikni «buzadigan» istisnolar ham yo‘q emasdi. O‘sha mahallar, garchand rasmiy bo‘lmasa-da, biz yuqorida ko‘p gapirgan «tarixga qarashimiz» shunday tus oldiki, unga ko‘ra, o‘tmishimiz Temur va Temuriylardan boshlanadi va oyoqlaydi... Albatta, bu mulohaza dag‘alroqday tuyulishi mumkin, ammo asl ahvol bundan pesh emasdi. To‘g‘ri, ming yil nari o‘tgan allomalar, шахсlar ahyon-ahyon eslanar, siyosiy matnlarga zeb berish uchun nomlari ma’ruzalarga kiritilardi, biroq hech mahal xalqimizning uch ming yildan ortiq, deya e’tirof etilayotgan o‘tmishi keng ma’noda tan olinmasdi. Ehtimol, bugun Beruniyni, Xorazmiyni, ibn Sinoni, Forobiy va boshqa ulug‘larimizni arab yo fors millatiga mansub edi, deyayotganlarga bizning o‘z merosimizga bo‘lgan ayni o‘sha munosabatimiz ham sababdir. Qaydam, ammo bu juda g‘alati va mantiqsiz qarash edi.
O‘zingiz o‘ylang, o‘sha paytlarda ham shaharlarimiz, madaniyatimizning necha ming yillikligi haqida gapirar, qadim kentlar, dunyo tan olgan ba’zi allomalarimizning 1000-2000 yillik «to‘y»larini nishonlardik. Va shu bilan birga tushunarsiz ravishda milliy tariximizni yana XIV asr – Temur davridan boshlanadi, degan qarorga rag‘bat ko‘rsatardik. Eng qizig‘i, undan oldingi o‘nlab, keyin o‘tgan bus-butun olti asr haqida esa deyarli eslanmas, bu o‘tmish olim va yozuvchilarning qo‘lyozmalaridagina «hayot kechirish»ga mahkum etilgandi go‘yo. Yumshoq qilib aytganda, bu mohiyatan tarixni mafkuraga, siyosatga bo‘ysundirish edi. Ya’ni o‘tmishni saralaymiz, chamalaymiz va siyosatimizga mos bo‘lagini olib o‘z «ehtiyojimiz» uchun istifoda etamiz. Masalan, davlat yoki siyosiy-mafkuraviy populizm yo‘lida. Deylik, ziyolilar va ommaning ehtirosini bosish, qolaversa, xalqaro jamoatchilik ko‘ziga o‘zini postkolonial «botqoq»dan chiqib ketayotganday ko‘rsatish ilinjidagina qatag‘on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish uchun Yunusobodda majmua va ziyoratgoh quramiz, yiliga bir marta bo‘lsa-da, ularning haqiga Qur’on tilovat qildirib, qo‘llarimizni duoga ochamiz, biroq ozodlik yo‘lida shahid bo‘lgan bu oydinlarimiz nomini qora ro‘yxatlardan o‘chirmaymiz. Sobiq ittifoq oliy sudi qarori bilan otilgan va «xalq dushmani» sifatida badnom etilganlar ro‘yxati aslicha qolaveradi...
Mayli, bu alohida va juda chuqur mavzu. Buni esga olganimning sababi shu holat rasmiy siyosatning qanchalik samimiy yoki aksi bo‘lganini yaxshi ochib berishi mumkinligi uchundir. Shu bois unga muxtasar to‘xtaldim.
7
Endi maqolamizga asos qilib olingan ob’ekt haqida ham to‘xtalsak, menimcha, to‘g‘ri bo‘ladi. Yuqorida aytganimizdek, ushbu majmua qurilishiga 2017 yilda kirishilgan edi. Toshkentning mashhur Hazrati Imom мажмuаsi hududida joylashgan loyiha 10 gektarlik maydonni o‘z ichiga oladi. Muhtasham inshootning uzunligi 161, eni 118 metrga yetadi. U uch qavatdan iborat. Markazidagi moviy gumbaz balandligi 65 metrni tashkil etadi. Bino 1,8 gektar maydonda barpo etilib, foydalanish hududi 42 ming kvadrat metr. Bu statistikaning o‘zi shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi o‘zining mahobati, maydoni va qamroviga ko‘ra, dunyoda Islom tarixi, madaniyati va sivilizatsiyalarini o‘rganish va targ‘ib etishga qaratilgan eng katta majmualardan biriga aylanadi. Keling, ushbu muhtasham obidani o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan va bundan cheksiz iftixor, g‘urur tuygan odam sifatida uni batafsilroq sharhlasam.
Majmua Sharq va milliy me’morchilik an’analari asosida loyihalashtirilgan bo‘lib, ichiga chor tarafdan to‘rt asosiy portal orqali kirish mumkin. Har bir portal va binoning tashqi (fasad) qismi ilm, ma’rifat, bag‘rikenglik, ota-onaga hurmat kabi muqaddas qadriyatlarni targ‘ib etuvchi Qur’on oyatlari va hadislar bilan bezatilgan.
Markaz muzeyida Qur’oni karim zali, Islomdan avvalgi davr sivilizatsiyalari, Birinchi Renessans, Ikkinchi Renessans va O‘zbek xonliklari davri, O‘zbekистон XX asrda, Yangi O‘zbekiston – Yangi Renessans ekspozitsiyalari o‘rin oladi. Bundan tashqari, uning ikkinchi qavatida xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari, shuningdek, Al-Furqan, Oksford Islom tadqiqotlari markazi, Turkiya, Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlarining 100 dan ortiq ilmiy institutlari, muzey va kutubxonalari filiallari ochiladi.
E’tiborlisi, Markaz faoliyatida mahalliy va xorijiy tajribalar asosida ilmiy tadqiqotlarni loyihalashtirish tizimi ham joriy etilgan. Shu o‘rinda xayoldan qochmasligi uchun bir masalani aytib ketay. Biz bugun yurtimizda dunyoga kelgan buyuk hodisa – ikki renessans haqida juda ko‘p gapiramiz. Ammo uning qanday yuz ko‘rsatganligini ko‘pam mushohada qilib o‘tirmaymiz. Tarix shuni ko‘rsatadiki, bu uyg‘onish davrlarи o‘z vaqtida madaniyatlar almashinuvi, jahon ilm-faniga интеграциялаshuв orqali yuz bergan edi.
Markazda dunyoning ko‘plab ilm масканlarи, madaniy institutlar bo‘limlarining bizning olimlar, ziyolilar bilan hamkorligi yo‘lga qo‘yilishi, sodda qilib tushuntirganda, jahondagi eng ilg‘or (eslang, xalifa Ma’mun ham, Temur ham o‘z saltanatiga yuksak aql egalarini yiqqan va rag‘batlantirgan) intellektlarni O‘zbekистонga olib kelish juda katta istiqboldan daraklaydi. Kezi kelganda shuni aytish kerakki, mazkur inshoot qurilishi va bu yerdagi muzey va boshqa madaniy ob’ektlarning jihozlanishida dunyoning o‘nlab davlatlaridan eng oldi mutaxassislar, olimlar ishtirok etishgan. Shuning uchun ham markazning dovrug‘i u ochilmasdanoq olamga yoyildi, desam, to‘g‘ri gapni aytgan bo‘laman. Zotan, hozirdanoq Islom san’ati muzeyi (Malayziya), Sulaymoniya kutubxonasi (Turkiya), Azret-Sulton majmuasi (Qozog‘iston), Bolonya universiteti (Italiya), Ratti fondi, Alberto Levi kolleksiyasi, Milliy Ozarbayjon tarixi muzeyi, AQSHning Devid Peyli, Bryus Baganza, Devid Reysborn kolleksiyalari, Rossiya davlat Ermitaji, Sankt-Peterburgdagi Davlat din tarixi muzeyi va Marjoniy fondi kabi ko‘plab tashkilotlar o‘z ko‘rgazmalari bilan uning tantanali ochilish marosimida ishtirok etish istagini bildirgan.
Muzey faoliyatini yo‘lga qo‘yish jarayonlarida yana bir muhim jihatni ko‘rdim va bu meni nihoyatda xursand qildi. Yashirib nima qildik, ilgarilari ijtimoiy tarmoq yoki xorijning rasmiy OAVlarida «O‘zbekistondagi falon muzey yoki institutdan qadimiy qo‘lyozma, tarixiy qimmatga ega bo‘lgan artefakt o‘g‘irlanib, qing‘ir yo‘llar bilan pismadon davlatga chiqarib yuborilgan», deganga o‘xshash xunuk, qalbingni og‘ritadigan axborotlarni kunda bo‘lmasa-da, tez-tez eshitib, o‘qib turardik. Bugun esa gap xufiyona o‘g‘riliklar haqida emas, balki xuddi shunday qaroqchilik, talonchilik yo‘llari bilan chetga olib chiqib ketilgan xalqimizning ma’naviy boyliklari yurtimizga qaytarilayotgani haqida. Gap shundaki, yaqinda Londondagi «Sotbis» va «Kristis» savdo uylari, yirik kolleksionerlar va art-dillerlardan mazkur muzey uchun O‘zbekiston madaniy merosiga oid 580 dan ortiq (e’tibor qiling, olti yuzga yaqin durdonalarimiz o‘zimizga qaytmoqda. Bu tariximizda ko‘rilmagan holat) turli artefaktlar sotib olingan. Ularning orasida Amir Temur topshirig‘iga asosan xattot Umar Aqta tomonidan ko‘chirilgan ulkan Qur’on qo‘lyozmasining bir parchasi (Boysung‘ur Qur’oni), Boburiylar davriga oid ikkita xanjar, bitta qilich, bitta qimmatbaho xanjar dastasi, XVIII-XIX asrlarda o‘zbek xonliklari davrida yaratilgan 5 dona kashta, Boburiylar va Safaviylar davriga oid 3 ta miniatyura, Oltin O‘rdaga tegishli 2 ta oltin taqinchoq, Jaloliddin Rumiyning Boburiylar davriga oid «Masnaviyi ma’naviy» asari, Temuriylar davrida ko‘chirilgan Hofizi Abruning «Majma’ ut tavorix» asari sahifasi, So‘g‘d, Qoraxoniylar va Saljuqiylar davriga oid sopol hamda kumush idishlar...





Ro‘yxatni uzoq davom ettirish mumkin. Lekin biz aytmoqchi bo‘layotgan gap ro‘yxatning uzun-qisqaligida emas, balki taqdirning bizga shunday ulug‘ ishlarni boshida turadigan, millati, vatani g‘ururini o‘ylab, boridan kecha oladigan mard insonni ravo ko‘rganida...
8
XVI-XVII asrlarda yashagan tarixchi Mutribiy Samarqandiy o‘z asarlaridan birida shayboniylar sulolasining yorqin vakili, Turonning so‘nggi hukmdori Abdullohxonning bunyodkorlik salohiyati haqida yozaturib, xonning quyidagi iqrorini keltiradi: «...Amir Alisher Sulton Husayn mirzoning xodimi bo‘la turib o‘zidan bir ming xayr inshooti yodgor qoldirdi. Biz podshohmiz, qurilishlar sonini o‘n mingga yetkazmasak, o‘zimizni hukmdorman, deb yurgan ekanmiz-da».
Bundan ko‘rinadiki, tarixda o‘tgan buyuk qalbli har bir yetakchi qurish, yaratishga o‘z abadiyatining garovi sifatida qaragan. Ammo bular orasida ham o‘zidan o‘chmas iz qoldirganlari unchalik ko‘p bo‘lmagan. Ma’rifatga, san’atga, madaniyatga suyangan, shu ulug‘ daryolardan suv ichgan tashabbuslarning umrigina boqiy bo‘lgan. Buni biz o‘z tariximizdan birinchi va ikkinchi renessans yuzaga chiqqan zamonlar misolida aytib o‘tdik.
Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan g‘oya global, umuminsoniy ahamiyati bilan nihoyatda noyobdir. Masalan, ushbu markaz faoliyat yo‘nalishi bilan tanishsangiz, unda o‘tgan zamonlardagidek «tarixning itoatkor quliga aylanish»ni emas, aksincha, o‘tmish merosi va an’analarini bugungi kun bilan transformatsiya qilish – bog‘lash, tarix va kelajakni uyg‘unlashtirish orqali nurli istiqbolni yaratishga ishtiyoqni payqaysiz. Markazga jahonning yuzlab nufuzli olimlari tashrif buyurib, bu yerda ijod va tadqiqot olib borishi katta-katta mo‘’jizalarga turtki berishi ehtimoldan ko‘p uzoq emas. Tarixda bunga misollarni ko‘plab topish mumkin. Masalan, bugun olamga mashhur «Aida» operasi yoki AQSHdagi «Ozodlik» haykali yaratilish tarixini hammayam bilavermaydi.
1869 yili Misr hukmdori Ismoil posho Suvaysh kanali ochilish marosimi uchun mashhur italyan kompozitori Juzeppe Verdiga yangi opera yozishga buyurtma bergan. Va bu buyurtma – «Aida» operasi 1871 yili Qohira teatrida ilk bor namoyish etiladi. Bundan tashqari, u kanalning kirish joyiga suv ustiga o‘rnatish uchun fransuz haykaltaroshi Frederik Bartoldiga qo‘liga mash’al tutib olgan misrlik ayol haykalini bunyod etishni iltimos qiladi. Biroq bu loyiha qimmatligi uchun undan foydalana olmaydi. Keyinchalik mashhur haykaltarosh loyiha g‘oyasidan «Ozodlik»ni tayyorlashda foydalangan...
9
Umuman olganda, poytaxtimiz Toshkent hech zamonda maqtovga muhtoj bo‘lgan emas. Tarixi uzoq-uzoqlarga ketgan bu shahar haqida o‘tmishda o‘tgan buyuk bobolarimiz Abu Rayhon Beruniy, al-Xorazmiy, Mahmud Кoshғарий va hatto yunon olimi Klavdiy Ptolemey (II asr) ham o‘zining «Geografiyadan qo‘llanma» asarida yozib qoldirgan. Barcha davrlarda Toshkent, deyilsa, «eski shahar» hammaning ko‘z oldiga kelgan. Ammo uzoq asrlar Toshkentning madaniy orbitasi bo‘lgan ayni bu go‘shada keyingi 100 yilda nimalar yuz berdi, qanday obodonchilik qilindi? Tarixni titkilasangiz, savolingizga javob o‘rnida o‘tgan asrning 80-yillarida sovet davri modernizmi sifatida tuhfa qilingan «Chorsu» bozorini va mustaqillik yillarida barpo etilgan Xastimom majmuasini, keyin unga tutash manzilda qurilgan «Zarqaynar» modalar uyini ko‘rishingiz mumkin edi. Holbuki, bu маскан doimo qadim Shoshning madaniy orbitasi bo‘lib kelgan...
Bugun esa vaqt ajratib, «eski shahar»ga bir boring va mo‘’jizani ko‘ring. Agar o‘zingizni tarix ichiga kirib qolgandek his qilmasangiz, хаyoлингiz uzoq o‘tmish bilan muloqotga kirishmasa, men kafil. Ayniqsa, markazning asosiy kirish eshigi yuz tutgan «Qorasaroy» ko‘chasi sizni butunlay maftun etadi. Arzimagan muddat ichida bu darajadagi o‘zgarishlarni amalga oshirish... Ochig‘i, odamning aqli ojizlik qiladi. O‘z vaqtida men ham poytaxt tumanlarining bir nechasida birinchi rahbar bo‘lib ishlaganman. O‘sha davrlarda bitta kanalizatsiyani ishga tushirish uchun yillab vaqt ketar, ta’mirlash uchun ekskavator topolmay, oylab sarson bo‘lardik. Bu ishlar esa xuddi tushga, ertakka o‘xshaydi...
Men aniq ishonamanki, Islom sivilizatsiyasi markazi nafaqat eski shaharning ruhoniy tarixini qayta jonlantiradi, balki Toshkentni xuddi Samarqand, Buxoro kabi mintaqamizning madaniy orbitasiga aylantiradi.
10
Rus yozuvchilaridan birining «sahnaga miltiq osilgan bo‘lsa, u albatta oxirida otilishi kerak!» degan mashhur iborasi bor. Gap garchi teatr san’ati haqida aytilgan bo‘lsa-da, mantiq nuqtai nazaridan bizning hozirgi holatimizgayam mos tushishi mumkin. Men endi maqolaga nega bunday keskin sarlavha tanlaganim, bunday tuyg‘u кo‘nглимda qanday paydo bo‘lgani haqida ham gapirmasam, yozilgan matn o‘z mantig‘ini yo‘qotishi mumkin. Shuning uchun keling, aytay.
Men ko‘z oldimizda ochilgan ushbu tarix – Islom sivilizatsiyasi markazi bilan tanishib, ko‘nglimdan ikkita o‘kinch o‘tdi. Birinchidan, shunday ulug‘ tariximiz bo‘la turib, uni dunyoga ko‘rsatolmagan ekanmiz. Qolaversa, dunyo bo‘ylab insoniyatni maftun qiladigan madaniy merosimiz sochilib yotgan ekanu, ularni bir joyga yig‘ish, shu nodir buyumlarni bizning bobolarimiz yasagan, ijod etgan, ixtiro qilgan, deb ko‘rsatish haqida o‘ylamabmiz.
Holbuki, sovet zamonlari zulmini chiqarib tashlaganda ham Sharof Rashidovdan keyingi, milliy masalalarda sal-pal nafas olish imkoniyati yuzaga kelgan davrlardan buyon bu mamlakat tepasiga nechta rahbar keldi?! Nega biz, hatto, mustaqillik yillarida ham bu ishlarga kirishmadik. Nega? Nega? Nega?.. Pulimiz yo‘qmidi? Axir ustimizga bugun osmondan boylik yog‘ilmadi-ku. Paxtamiz ham, oltinimizu gazimiz ham o‘sha-o‘sha-ku... Unda nima uchun bu ishlarni ilgariroq qilmadik, kimdan, nimadan qo‘rqdik?!
Tabiiyki, bunday o‘y-fikrlar odamda tarix va o‘tgan ajdodlarning pok ruhi oldida aybdorlik hissini tug‘diradi. Qolaversa, boy berilgan vaqt, befarqlik, buyuk tarix va madaniyatga mensimay qarash odamning кo‘nглиda, yuqorida aytganimdek, alamni qo‘rlantiradi...
Ammo bu ko‘hna dunyo hikmatlarga to‘la. Ko‘ngildagi g‘am, dildagi g‘ussani kutilmaganda qandaydir g‘ayritabiiy bir hodisa yuvib tashlab, nafaqat sizning qalbingizni, balki butun olamni charog‘on aylashi mumkin. Shu ma’noda bugun biz Shavkat Mirziyoyevning millatga, vatanga bo‘lgan cheksiz muhabbati, o‘z ona xalqi oldidagi farzandlik burchiga bo‘lgan sadoqatini kechagi kun xatolari, xalqning dilidagi anduhlarni yuvib ketadigan tolening bir inoyatidek qabul qilsak, adolatdan bo‘ladi, albatta.
Qudratilla RAFIQOV,
siyosatshunos
- Qo'shildi: 18.09.2025
- Ko'rishlar: 44
- Chop etish