AQSh Davlat departamenti Yevropa davlatlariga dezinformatsiyaga qarshi kurashda hamkorlikni to‘xtatish to‘g‘risida bildirishnoma yubordi. Bunga Rossiya tomonidan tarqatilgan dezinformatsiya ham kiradi.
AQSh Davlat departamenti Yevropa davlatlariga Rossiya, Xitoy va Eron tomonidan tarqalayotgan dezinformatsiyani aniqlash va fosh qilish imkonini beruvchi o‘zaro anglashuv memorandumlarini tugatish to‘g‘risida bildirishnoma yubordi, deb xabar berdi The Financial Times (FT) yevropalik uch manbasiga tayanib.
Memorandumlar sobiq prezident Jo Bayden ma’muriyati davrida imzolangan va Davlat departamenti agentligi bo‘lgan Global hamkorlik markazi (Global Engagement Center, GEC) boshchiligidagi tashabbusning bir qismi edi.
Markazni 2024 yil dekabrigacha boshqargan Jyeyms Rubin memorandumlarning bekor qilinishini Rossiya va Xitoy bilan axborot urushida «bir tomonlama qurolsizlanish akti» deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu hujjatlarni Yevropa va Afrikaning 22 davlati imzolagan.
Kun.uz
- Qo'shildi: 11.09.2025
- Ko'rishlar: 129
- Chop etish