Kokain savdosining tez surʼatlar bilan oʻsib borayotgani BMT ekspertlarini alohida xavotirga solmoqda. Ushbu giyohvandlik vositasini noqonuniy ishlab chiqarish 2023-yilda 3708 tonnagacha oshgan. Bu 2022-yilga nisbatan 34 foizga koʻpdir. Soʻnggi oʻn yillikda kokain isteʼmol qiluvchilar soni 8 millionga oshgan.
Uyushgan narkotrafik guruhlari oʻz maqsadlari yoʻlida jahon inqirozlaridan foydalanmoqda va aholining zaif guruhlarini nishonga olmoqda, — deydi boshqarma ijrochi direktori Gada Vali.
U xalqaro hamjamiyatni jinoiy tarmoqlarga qarshi yanada faolroq kurashishga chaqirmoqda. Narkokartellar oʻrtasidagi keskin raqobat endi Lotin Amerikasi bilan cheklanib qolmayotgani, balki tobora koʻproq Afrika, Osiyo va Yevropani qamrab olayotgani taʼkidlanmoqda.
Giyohvand moddalar isteʼmol qilish oqibatida birgina 2021-yilning oʻzida yarim millionga yaqin oʻlim qayd etilgan. 28 million sogʻlom yashalishi mumkin boʻlgan yil yoʻqotilgan. 2023-yilda giyohvand moddalarni isteʼmol qilish bilan bogʻliq kasalliklarga chalingan har 12 kishidan atigi bittasi zarur davolanishni olgan.
“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati»