Unga koʻra, xususiy bandlik agentliklariga quyidagi huquqlar berildi:
- ish qidirayotgan shaxslarni kasb-hunar va chet tillarga oʻqitish boʻyicha oʻquv kurslarini belgilangan tartibda tashkil qilish, shuningdek, ushbu jarayonga chet ellik ish beruvchilarni jalb etish;
- zaxira qilinadigan mablagʻlarni tijorat banklaridagi depozitlarga joylashtirish hisobidan olinadigan foiz daromadlarini mustaqil ravishda tasarruf etish.
Bundan tashqari, Mehnat kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, ish vaqtidan tashqari ishning davomiyligi yiliga 120 soatdan oshmasligi toʻgʻrisidagi talab chiqarib tashlandi.
Shuningdek, ish vaqtidan tashqari ishning 1 kundagi birinchi 2 soati uchun kamida 1,5 hissa miqdorida, 2 soatdan ortiq qismi uchun kamida 2 hissa miqdorida haq toʻlanishi belgilandi.
“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati»
Ўзбекча
English
Русский