Senatda YXHT DIIHB direktori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 14-noyabr kuni Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi R. Alimov  Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (YXHT DIIHB) direktori Matteo Mekachchi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot chog‘ida tomonlar O‘zbekiston bilan YXHT o‘rtasida so‘nggi yillarda o‘rnatilgan ochiq va ishonchli muloqotni mamnuniyat bilan qayd etdilar, shuningdek, o‘zaro manfaatli sohalarda yaqin hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Matteo Mekachchi mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarni qo‘llab-quvvatlashini, jamiyatni isloh qilishda mamlakat parlamentining roli ortib borayotganini qayd etdi. U Byuro O‘zbekistonda parlamentarizm va fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga har tomonlama hissa qo‘shishga tayyorligini bildirdi. Respublika saylov qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha qator tavsiyalar berdi.

DIIHB direktori O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi delegatsiyasining YXHT PA faoliyatida faol ishtirok etishi muhimligini taʼkidladi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar yaqin muloqotni va hamkorlikni mustahkamlashga kelishib oldilar.

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY MAJLISI SENATI

Powered by GSpeech