Mehnat migratsiyasida boʻlgan fuqarolarga subsidiya va kreditlar ajratish tartibi belgilandi

«Xorijga ishga tayyorlash markazi« tashkil etiladi va unda «Yagona darcha« tamoyili asosida mehnat migratsiyasiga doir xizmatlar koʻrsatiladi.

“Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda tashkillashtirilgan tartibda ishga joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (252-son, 22.04.2025-y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, «Xorijga ishga tayyorlash markazi« tashkil etiladi va unda «Yagona darcha« tamoyili asosida mehnat migratsiyasiga doir xizmatlar koʻrsatiladi.

Shuningdek, yoʻlovchi avtobuslar sonini koʻpaytirish orqali xorijga vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan va qaytayotgan fuqarolarni tashishda arzon va tartibli transport qatnovi yoʻlga qoʻyiladi.

Qaror bilan “Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan hamda mehnat migratsiyasida boʻlgan fuqarolarga subsidiya, kompensatsiya va kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisida” gi Nizom tasdiqlandi.

Nizomga koʻra, subsidiya va kompensatsiyalar “Xorijda ish” mehnat migratsiyasi elektron dasturiy majmuasida roʻyxatdan oʻtgan va tashkillashtirilgan holda mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga quyidagi xarajatlarni qoplash boʻyicha ajratiladi, jumladan:

  • chet tillari va (yoki) kasb boʻyicha malaka imtihonlarini topshirish xarajatlarini qoplash uchun, ular muvaffaqiyatli topshirilganda va sertifikat olinganda – BHM ning 3 baravarigacha;
  • xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirishga «ishchi viza«ni rasmiylashtirish xarajatlarini qoplash uchun — BHMning 5 baravarigacha;
  • yoʻl chiptasini xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun — BHMning 2 baravarigacha miqdorda;
  • nemis, ingliz, yapon va koreys tillari boʻyicha kamida B1 yoki unga tenglashtirilgan darajadagi xalqaro sertifikat olgan bitiruvchilari eng koʻp boʻlgan 50 nafargacha oʻqituvchiga — 50 million soʻm miqdorida.
  • Vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tashkillashtirilgan holda rivojlangan mamlakatlarga chikib ketayotgan fuqarolarga tijorat banklari tomonidan 10 million soʻmgacha Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foiz bandga yuqori stavkada 2-yil muddatga mikrokreditlar ajratiladi.

“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati»

 

Powered by GSpeech