Iqlim o‘zgarishi – bolalar nigohida: Respublika tanlovi g‘oliblari e’tirof etildi

2-iyun kuni Toshkent shahridagi Inson huquqlari uyida “Iqlim o‘zgarishi va ekologiya – bolalar nigohida” tanlovi yakuniga yetib, eng sara ijodkorlar taqdirlandi. Ushbu nufuzli loyiha Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, “Tong yulduzi” va “Klass!” nashrlari hamkorligida tashkil etildi.

Ushbu tanlovda Qorako‘l tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabining “Yosh qalamkashlar” to‘garagi a’zosi, 20-maktabning iqtidorli 8-sinf o‘quvchisi Rashidova Shaxrizoda munosib ishtirok etib, “Eng yaxshi videorolik” yo‘nalishida 1-o‘rinni egalladi.

G‘oliblar safida Shaxrizoda ham o‘z o‘rnini topdi va taqdirlash marosimida akademik Akmal Saidov hamda “Tong yulduzi” gazetasi bosh muharriri Feruza Adilova tomonidan faxriy diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Tanlov nafaqat iqlim muammolariga e’tibor qaratdi, balki yoshlarimizning atrof-muhitni asrash borasidagi ijodiy yondashuvlarini namoyon etishiga zamin yaratdi.

Qorako‘l tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabi Axborot xizmati

Powered by GSpeech