Ilmiy darajaga talabgorlar diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq tayanch doktoranturaga mutaxassislik bo‘yicha imtihon va mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarni tanlab olish bo‘yicha suhbat joriy yil 26-noyabr soat 15.00 da Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi binosida (Islom Karimov ko‘chasi, 15) bo‘lib o‘tadi.
YouTube tarmog‘ida imtihonlar jarayonlarini onlayn efirda kuzatib borish imkoniyati ta’minlanadi.
Ўзбекча
English
Русский