Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

BIZNES VA INSON HUQUQLARI: IQTISODIY TARAQQIYOTNING YANGI HUQUQIY MEZONI

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, "Tadbirkorlarimiz qança boy bölsa, xalqimiz şunça farovon yaşaydi, davlatimiz şunça qudratli böladi. Tadbirkorning yutuği – bu butun xalqimizning yutuği". Binobarin, inson manfaatlarini ta’minlaşda milliy iqtisodiyotning yuksak sur’atlar bilan barqaror rivojlanişi katta ahamiyatga ega.

Bu haqda fikr yuritganda, dastavval, bugungi global iqtisodiyotda korxonaning raqobatbardoşligi faqat mahsulot narxi, sifati yoki işlab çiqariş hajmi bilan ölçanmasligiga e’tibor qaratiş lozim. Investor, xaridor va jamiyat tobora köproq yana bir savolni qöymoqda: mahsulot qanday mehnat şaroitida, qay darajada ekologik va ijtimoiy mas’uliyat bilan, inson qadr-qimmatiga qay darajada hurmat asosida yaratildi?

Şu ma’noda, “biznes va inson huquqlari” masalasi Yangi Özbekiston uçun ham huquqiy siyosat, ham eksport raqobatbardoşligi, ham investitsiya muhiti, ham ijtimoiy adolat masalasiga aylanmoqda.

 

Yangi iqtisodiy munosabatlarda inson huquqlari mezoni

 

Poytaxtimizda-2026-yil-9-noyabr kuni ötkazilgan Yangi Özbekistonda «Biznes va inson huquqlari» böyiça birinçi Milliy muloqot uşbu sohada sifat jihatidan yangi bosqiç boşlanayotganini körsatdi. Ayni muloqotga davlat organlari, parlament, işçilar va iş beruvçilar taşkilotlari, tadbirkorlar, ilmiy muassasalar, fuqarolik jamiyati hamda xalqaro taşkilotlar vakillari faol iştirok etganining öziyoq bu dolzarb masalaning kölami biror idora yoki tarmoq doirasi bilangina çeklanib qolmasligidan davlolatdir.

Birinçi milliy muloqotda aynan mas’uliyatli biznes yuritiş, ta’minot zanjirlari, davlatning himoya qiliş majburiyati va kompaniyalarning inson huquqlarini hurmat qiliş mas’uliyati asosiy masalalar sifatida muhokama qilingani tasodifiy emas. Çunki BMTning “Biznes va inson huquqlari böyiça rahbariy tamoyillari”-2011-yilda Inson huquqlari böyiça kengaş tomonidan ma’qullangan bölib, bugun davlatlar va kompaniyalar uçun global me’yoriy möljal vazifasini bajarmoqda.

Töğri, mazkur Rahbariy tamoyillar alohida xalqaro şartnoma sifatida yuridik majburiy hujjat emas. Ammo uşbu hujjatda mavjud xalqaro inson huquqlari standartlarining davlat va biznes faoliyatiga tatbiqi tizimli ravişda ifoda etilgani juda muhim.

Uşbu tizim maşhur uç ustun — “himoya qiliş, hurmat qiliş va huquqni tiklaş” tamoyiliga asoslanadi.

Birinçi ustun, davlat insonlarni biznes subyektlari tomonidan sodir etilişi mumkin bölgan huquqbuzarliklardan himoya qilişi kerak.

 Ikkinçi ustun, biznes korxonalari inson huquqlarini hurmat qiliş, öz faoliyatining real va ehtimoliy salbiy ta’sirini aniqlaş, oldini oliş va yumşatiş uçun zarur darajadagi tekşiruv mexanizmlarini joriy etişi lozim.

Uçinçi ustun, huquqi buzilgan şaxs sud yoki samarali suddan taşqari mexanizm orqali huquqini tiklaş imkoniyatiga ega bölişi şart.             Şu nuqtayi nazardan qaraganda, biznes va inson huquqlari — korporativ xayriya yoki ijtimoiy imij masalasi emas. Bu, avvalo, huquqiy xavflarni boşqariş tizimidir.

Boşqaça aytganda, korxona inson huquqlariga ta’sirini oldindan köra bilişi, ta’minotçilarini baholaşi, xodimlar va mahalliy jamoalarning murojaatlarini eşitiş mexanizmlariga ega bölişi va salbiy oqibat yuzaga kelgan taqdirda uni bartaraf etişda iştirok etişi kerak.

 

Yangi Özbekiston: islohotlardan – institutsional tizim sari

 

Mamlakatimizda uşbu yönalişni şakllantiriş uçun muayyan huquqiy va institutsional zamin yaratilgan. Parlament Ombudsmani, Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vakil, mehnat inspeksiyasi va boşqa tuzilmalar orqali huquqlarni himoya qiliş imkoniyatlari mavjud.

Şu bilan birga, 2026 yilgi Milliy bazaviy baholaşning muhim xulosasi şundan iboratki, bu unsurlar hali yagona, özaro boğlangan milliy biznes va inson huquqlari tizimiga töliq birlaştirilmagan. Şuning uçun qişloq xöjaligi, quriliş va işlab çiqarişda mehnat huquqlari, ekologik ta’sir hamda mahalliy jamoalar bilan boğliq xavflar hozirça saqlanib qolmoqda.

Özbekistonning paxta sohasidagi tajribasi mazkur sohada institutsional islohot natija berişi mumkinligining yorqin misollaridan biridir. Xalqaro mehnat taşkilotining 2021 yilgi uçinçi tomon monitoringi-2021-yil paxta mavsumida tizimli bolalar mehnati va tizimli majburiy mehnat barham topganini, terimçilarning 99 foizi ixtiyoriy mehnat qilganini qayd etdi.

Şu natijalardan söng Cotton Campaign koalitsiyasi-2022-yil-10-martda özbek paxtasiga nisbatan global boykotni bekor qildi. XMT bu qarorni davlat, işçilar va iş beruvçilar taşkilotlari, fuqarolik jamiyati hamda xalqaro hamkorlarning uzoq muddatli sa’y-harakatlari bilan boğladi.

Bu yutuq keyingi monitoring zaruratini bekor qilmasligi tabiiydir. XMTning standartlarni qöllaş böyiça ekspertlar qömitasi-2024-yilda qabul qilingan-va-2025-yilda e’lon qilingan kuzatuvida tizimli majburiy mehnat bartaraf etilganini e’tirof etar ekan, ayrim mahalliy majburlaş holatlari, klasterlar faoliyatidagi xavflar va mehnat huquqlarini himoya qiliş mexanizmlarini yanada kuçaytiriş zaruratini ham qayd etgan.

Demak, islohotning yangi bosqiçi “muammo hal qilindi” degan formuladan emas, balki “erişilgan natijani institutsional kafolatga aylantiriş” tamoyilidan kelib çiqişi lozim.

 

Milliy harakatlar rejasi: maqomni aniq belgilaş muhim

 

Bu örinda Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi yaqinda BMT rahbariy tamoyillarini amalga oşirişga qaratilgan Milliy harakatlar rejasi loyihasini işlab çiqqanini ta’kidlaş lozim. Loyiha davlat taşkilotlari, davlat va xususiy korxonalar hamda fuqarolik jamiyati takliflarini hisobga olgan holda tayyorlandi.

Milliy harakatlar rejasi loyihasida tört yönaliş — davlatning inson huquqlarini himoya qiliş majburiyati, korporativ javobgarlik, jamiyat xabardorligini oşiriş va samarali huquqiy himoya vositalaridan foydalaniş istiqbollari nazarda tutilgan. Ya’ni, loyiha BMTning uç ustunli konsepsiyasini milliy institutsional mexanizmlarga moslaştirişga qaratilgan.

Milliy harakatlar rejasi loyihasida davlat kompaniyalari uçun inson huquqlari böyiça qöllanma tayyorlaş, davlat xizmatçilarini BMT tamoyillari böyiça öqitiş, örta va yirik investitsiya şartnomalarining inson huquqlariga ta’sirini baholaş, raqamli platforma yaratiş, şikoyatlar uçun işonç telefonlari va onlayn kanallarni kengaytiriş kabi çoralar közda tutilgan. Şuningdek, vazirliklar, Savdo-sanoat palatasi va kasaba uyuşmalari iştirokida Milliy komissiya taşkil etiş, uning işçi organi sifatida Milliy markazni belgilaş taklif etilgan.     

Bunday rejaning qiymati uning nomi bilan emas, aniq indikatorlar, mas’ul idoralar, muddatlar, byudjet manbalari, monitoring va jamoatçilik hisobdorligi bilan ölçanadi.

BMTning Biznes va inson huquqlari böyiça işçi guruhi milliy harakatlar rejalarini işlab çiqişda davlat siyosatini muvofiqlaştiriş, oçiq va inklyuziv jarayon, aniq ustuvorliklar, doimiy monitoring va köp tomonlama muloqot mexanizmlarini muhim şart sifatida körsatgan. Şu ma’noda, Milliy bazaviy baholaş navbatdagi bosqiç uçun “muammolar röyxati” emas, balki kelgusi rejaning dalillarga asoslangan boşlanğiç nuqtasi bölişi kerak.

 

Inson huquqlari – iqtisodiy raqobat omili

 

Özbekistonning biznes va inson huquqlari kun tartibi jahon bozoridagi özgarişlardan ajralgan holda qaralişi mumkin emas. Mamlakatimiz hozir Jahon savdo taşkilotiga a’zo böliş muzokaralarining hal qiluvçi bosqiçida turibdi.

Şu bilan birga, Özbekiston-2026-yilda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkilotining (IHTT) Xalqaro investitsiyalar va transmilliy korxonalar töğrisidagi deklaratsiyasiga qöşiliş uçun murojaat qildi. Bu jarayonning mazmuni faqat investitsiya liberallaşuvidan iborat emas.

Gap şundaki, IHTTning mas’uliyatli biznes yuritiş standartlari inson huquqlari, mehnat, atrof-muhit, korrupsiyaga qarşi kuraş, oşkoralik va ta’minot zanjirlarida lozim darajadagi tekşiruv kabi masalalarni yaxlit bir tizimda köradi. Uşbu Taşkilotning Özbekiston uçun investitsiya siyosati böyiça yöl xaritasi ham mamlakatning global qiymat zanjirlaridagi iştirokini kuçaytiriş uçun mas’uliyatli biznes yuritiş standartlari ahamiyatini alohida ta’kidlaydi.

Aslida, biznes va inson huquqlari sohasida huquqiy tizimning haqiqiy samaradorligi hujjatlar soni bilan emas, huquqi buzilgan şaxsning amalda öz huquqini tiklay olişi bilan baholanadi. BMT rahbariy tamoyillariga köra, davlatlar sud, ma’muriy, qonunçilik yoki boşqa tegişli çoralar orqali biznes faoliyati natijasida jabrlangan şaxslar uçun samarali himoya vositalarini ta’minlaşi kerak. Kompaniyalar esa özi salbiy ta’sir keltirib çiqargan yoki unga hissa qöşgan hollarda huquqni tiklaş jarayonida iştirok etişi lozim.             Şu sababli kelgusi milliy siyosatda “şikoyat beriş imkoniyati mavjud” degan formal mezon yetarli emas. Mexanizm tuşunarli, arzon, xavfsiz, tezkor, mustaqil va ijrosi ta’minlanadigan bölişi kerak.

Muayyan korxona darajasida biznes va inson huquqlari sohasidagi masalaning muhokamasi sud örnini bosmasligi, balki muammoni ilk bosqiçda aniqlaş, xodimlar, jamoalar va kompaniya örtasida muloqot örnatişga xizmat qilişi lozim. BMT tamoyillari ham kompaniyalarni huquqiy himoyaning suddan taşqari legitim mexanizmlarini taşkil etiş yoki ularda iştirok etişga undaydi.

Yangi Özbekiston şaroitida bu borada, xususan:

  • mehnat inspeksiyasining institutsional salohiyatini kuçaytiriş;

  • sud va suddan taşqari mexanizmlar örtasida muvofiqlikni ta’minlaş;

  • davlat korxonalarida namunaviy inson huquqlari siyosati va şikoyat mexanizmlarini joriy etiş;

  • katta investitsiya va infratuzilma loyihalarida inson huquqlariga ta’sirni oldindan baholaş;

  • fuqarolik jamiyati, kasaba uyuşmalari va mahalliy jamoalarning qarorlar qabul qilişdagi iştirokini real mexanizmga aylantiriş kabi ustuvor vazifalar alohida ahamiyatga ega.

Bu yönalişlarning katta qismi Milliy harakatlar rejasi loyihasida ham aks etgan.

 

Milliy model kelajagi: “mas’uliyatli biznes”dan – “huquqqa asoslangan iqtisodiyot”ga

           

Özbekistonda biznes va inson huquqlari böyiça birinçi Milliy muloqotning eng muhim natijasi — yangi atamaning muomalaga kiritilgani emas. Asosiy natija şundaki, iqtisodiy siyosat, mehnat munosabatlari, investitsiya, eksport, ekologik mas’uliyat va inson huquqlari bir-biridan alohida yönalişlar emasligi tobora ravşanlaşmoqda.

Milliy bazaviy baholaş sohada zarur institutlar mavjudligini, biroq ular hali yaxlit tizimga birlaşmaganini körsatdi. Milliy harakatlar rejasi loyihasi esa ana şu böşliqni tizimli siyosat bilan töldirişga qaratilgan amaliy sa’y-harakatlar majmuidir.

Kelgusi bosqiçda ayni yönalişda quyidagi 3 ta vazifa hal qiluvçi ahamiyat kasb etadi, degan fikrdamiz.

Birinçi vazifa — biznes va inson huquqlari talablarini mehnat, investitsiya, davlat xaridlari, ekologiya, korporativ boşqaruv va eksport siyosatiga izçil integratsiya qiliş.

Ikkinçi vazifa — davlat kompaniyalari va yirik xususiy biznesdan boşlab inson huquqlari böyiça due diligence amaliyotini bosqiçma-bosqiç joriy etiş, ya’ni, sodda qilib aytganda, özaro bitimlar tuziş, biznesni sotib yo qöşib oliş yoki investitsiya kiritiş jarayonlaridan oldin tegişli kompaniyalar, aktivlar yoxud loyihalarni inson huquqlari nuqtayi nazaridan kompleks tekşirişni yölga qöyişi taqozo etiladi.

Uçinçi vazifa — sud va suddan taşqari himoya mexanizmlarini şunday rivojlantiriş kerakki, inson huquqlariga rioya qiliş korporativ şunçaki quruq hisobotga emas, amaliy majburiyatga aylansin. Bu yondaşuv BMT va IHTT standartlarining umumiy mantiğiga töla mos keladi.

Xulosa qilib aytganda, bugungi yangi davrga xos zamonaviy bozorda inson huquqlari bilan iqtisodiy samaradorlikni bir-biriga qarama-qarşi qöyiş eskiça yondaşuv ekanligi tobora yaqqol tasdiğini topib bormoqda. Zero, inson qadr-qimmatini hurmat qilişga qaratilgan işlab çiqariş — faqat ijtimoiy mas’uliyat emas.

Bu, şuningdek, barqaror ta’minot zanjiri, işonçli investitsiya muhiti, yuqori mehnat unumdorligi, eksport bozorlariga kiriş va davlatga nisbatan işonçning muhim şarti hamdir. Endilikda vazifa ana şu tajribani alohida bir tarmoqdan butun iqtisodiyotga köçirişdan iborat.

Şunda “biznes va inson huquqlari” iborasi xalqaro kun tartibidan olingan navbatdagi konsepsiya bölib qolmaydi. U Yangi Özbekiston iqtisodiy modelida inson qadri, qonun ustuvorligi va raqobatbardoş taraqqiyotni birlaştiradigan huquqiy mezonga aylanadi.

 

Akmal Saidov,

Inson huquqlari böyiça

Özbekiston Respublikasi Milliy markazi

direktori, akademik

"Kuch - adolatda" gazetasining 2026-yil 20-noyabrdagi 46-soni

Nashr sanasi 23.11.2026 Ko'rishlar 124
Ulashish