Malayziyaning MCMC (Kommunikatsiyalar va Multimedia Komissiyasi) Telegram va undagi “Edisi Siasat” hamda “Edisi Khas” kanallariga nisbatan Malayziya Oliy Sudiga murojaat yubordi.
Ijtimoiy platforma va undagi kanallarda tarqatilayotgan kontentlar mamlakat qonunlari talablariga zid, jamoat institutlariga ishonchni sustlashtirishi va ijtimoiy barqarorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi ta’kidlangan.
Ko‘rsatilishicha, MCMC mazkur kanallarga nisbatan doimiy ravishda so‘rovlar yuborgan, lekin Telegram tomoni muloqotda hamkorlik qilmagan.
Sud qaroriga ko‘ra ijtimoiy tarmoq kanallari faoliyatiga taqiq belgilandi.
MCMC qayd etishicha, Ijtimoiy tarmoqlar ularda e’lon qilingan kontent uchun javobgardir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rasmiy kanali
- Qo'shildi: 19.06.2025
- Ko'rishlar: 151
- Chop etish