Polsha to‘rt kunlik ish haftasiga o‘tadi

Polshaning Oila, mehnat va ijtimoiy siyosat vazirligi 30 iyundan boshlab ish vaqtini haftasiga besh kundan to‘rt kunga qisqartirish bo‘yicha tajriba dasturini ishga tushiradi. Bu haqda "The Warsaw" portali xabar bergan.

Ishchi va ish beruvchi ikki yo‘ldan birini tanlashi mumkin:

haftada to‘rt kun (maosh avvalgidek qoladi) ishlanadi yoki

ish kuni 6 soatga qisqaradi.

Tegishli qonun 2027 yil noyabrgacha to‘liq qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Ushbu sinov ish beruvchiga zarar keltirmaydi: muayyan kompaniya va davlat idorasi ish jadvalini o‘zgartirganligi uchun 1 million zlotiygacha oladi. Birinchi yil loyiha uchun umumiy byudjetdan 10 million zlotiy ajratiladi.

Ekspertlar soat kamayishi rasman foydali ekanini ta’kidlamoqda. Masalan, Fransiyada ish vaqtini qisqartirish yalpi ichki mahsulot 81foiz o‘sishiga olib kelgan.  

O‘zA

Powered by GSpeech