Rossiya chegarasida yangi tartib...

Rossiya chegarasini kesib o‘tish qoidasi o‘zgardi: endi shaxsiy elektron qurilma chegara nazoratidan o‘tkaziladi.

Rossiya Federatsiyasi davlat chegarasidan o‘tish qoidasiga kiritilgan so‘nggi o‘zgarish tufayli nazorat tartib sezilarli darajada kuchaytirildi. Endi mamlakatga kirayotgan yoki RFdan chiqayotgan fuqarolarning shaxsiy buyumlari qatori smartfon, planshet va noutbuk kabi elektron qurilmalari ham tekshirilishi mumkin.

Agar chegara rejimi buzilayotgani yoki taqiqlangan ma’lumot olib o‘tilayotgani haqida shubha tug‘ilsa, mas’ul xodim gadjetni taqdim etish va muayyan ma’lumotni ko‘zdan kechirishni talab qilish huquqiga ega. Talabga bo‘yin egmaslik jiddiy huquqiy oqibat keltirib chiqaradi. Masalan, buning uchun 5 000 dan 7 000 rublgacha jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanishi belgilandi.

Rasmiylar ta’kidlashicha, bunday chora terror, ekstremizm va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish hamda davlat xavfsizligini ta’minlash maqsadida joriy etilmoqda. Demak, RF chegarasidan o‘tayotgan shaxs o‘z qurilmasidagi ma’lumotga nisbatan mas’uliyatli bo‘lishi va qonunga bo‘ysunishi so‘raladi.

F.Yaxshiboyeva, O‘zA

Powered by GSpeech