Uch oyda qancha ayolga himoya orderi berilgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda 2025 yil I-choragida 24 ming nafardan ortiq ayolga “Himoya orderi” rasmiylashtirilgan.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi qayd etishicha, mazkur davrda 1,7 ming nafar tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayollar birlamchi ko‘mak xonalariga joylashtirilib tibbiy yordam berilgan. 

Ushbu ayollarga “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan psixologik va yuridik yordamlar ko‘rsatilib, chuqurlashtirilgan reabilitatsiya xizmatlariga muhtoj bo‘lgan 202 nafar ayol Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlariga joylashtirildi.

 

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarida tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan 19,3 ming nafar ayol bilan suhbat o‘tkazilib, so‘rovnomalar asosida ularning holati o‘rganildi va xizmatlar taklif qilindi.

Shu bilan birga, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan kunduzgi qatnov asosida 3,5 ming nafar tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayollarga yuridik, psixologik va boshqa xizmatlar ko‘rsatildi.

Kun.uz

Powered by GSpeech