Fuqarolarga munosib mehnat sharoitlarini yaratish, xodimlarning ish unumdorligiga, ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash va bartaraf etish, ish jarayonida faoliyat samaradorligini ta’minlash dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Bugun, 28 aprel butun dunyoda Xalqaro mehnatni muhofaza qilish kuni sifatida nishonlanadi. Mazkur sana Xalqaro mehnat tashkiloti tashabbusi bilan 2003 yildan beri har yili o‘tkaziladi. Bundan ko‘zlangan maqsad ish joylarida baxtsiz hodisalar, kasbiy kasalliklar va boshqa turli xavf-xatarlarning oldini olishdan iborat.

Bugungi kunda ushbu sana munosabati bilan yuzdan ziyod mamlakatda, jumladan, O‘zbekistonda ham ish joyida jarohatlanish hamda kasb kasalliklarining oldini olish, mehnat muhofazasi masalalariga, xavfsizlik qoidalariga e’tiborni yanada kuchaytirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib kelinadi.
Ish jarayonida mehnat xavfsizligini ta’minlash, ishchi xodimlar uchun qulaylik yaratish, xavfsizlik qoidalariga amal qilish inson salomatligini himoya qilish hamda ish unumdorligini oshirishga xizmat qiladi.
M.Komilova, O‘zA
- Qo'shildi: 28.04.2025
- Ko'rishlar: 172
- Chop etish