Ular orasida Osvensim konslageri mahbuslari ustida tajribalar o‘tkazgan va «O‘lim farishtasi» nomini olgan shifokor - Yozef Mengelega oid ma’lumotlar ham bor.
Argentina hukumati mamlakatdan boshpana topgan yuqori martabali natsistlarga bog‘liq hujjatlarni maxfiylikdan chiqardi.
Qayd etilishicha, ular orasida Osvensim konslageri mahbuslari ustida tajribalar o‘tkazgan va «O‘lim farishtasi» nomini olgan shifokor — Yozef Mengele ham bor. Hukumat xabarida aytilishicha, jami 1850 ta hujjat maxfiylikdan chiqarilgan.
E’lon qilingan materiallar orasida Osvensim komendanti Rudolf Xyoss, «xolokost arxitektori» Adolf Eyxman, Riga gettosi va Riga-Kayzervald konslagerining «Lenta» filiali komendanti Edvard Roshman hamda SS qo‘shinlari gaupshturmfyureri Erix Pribkega oid ma’lumotlar ham mavjud.
Hujjatlardan shaxsiy yig‘ma jildlar, hibsga olinishlar yoki tergov jarayoniga oid gazeta parchalari, ma’lumotnomalar, telegramma va hokazolar o‘rin olgan.
Mart oxirlarida Argentina prezidenti Xayer Miley barcha davlat idoralariga Ikkinchi jahon urushidan keyin mamlakatga kelgan qochoq natsistlarga oid ma’lumotlarni maxfiylikdan chiqarish va e’lon qilishni buyurgandi. Hukumat raisi Gilermo Frankos ushbu ma’lumotlarni yashirishga hech qanday sabablar yo‘qligini ma’lum qilgan edi.
Kun.uz
- Qo'shildi: 30.04.2025
- Ko'rishlar: 26
- Chop etish