Aholining zaif qatlamlari huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan loyiha yakunlandi

Joriy yilning 12-iyun kuni Toshkent shahrida Yevropa komissiyasi tomonidan moliyalashtirilayotgan hamda Minority Rights Group Europe (MRGE),     Fuqarolik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash markazi” (FTQM) va Oliy Majlis Senati bilan  hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Samarali va barqaror fuqarolik jamiyatini barpo etish orqali aholining zaif qatlamlari huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida yakuniy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

 Konferensiyada Senatning Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi aʼzosi Malika Kadirxanova, xalqaro tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda ekspertlar hamjamiyati vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida O‘zbekistonda aholi zaif guruhlarining huquqlarini himoya qilish sohasida erishilgan yutuqlar, mavjud muammolar va tavsiyalar muhokama qilindi.

Anjuman doirasida aholi zaif guruhlarining huquqlarini himoya qilish, gender tengligi, shaxsning bir necha identifikatsiyasi kesishuvi hamda milliy madaniy markazlarning millatlararo totuvlikni mustahkamlashdagi roliga oid masalalarga alohida eʼtibor qaratildi.

Tadbir yakunida sessiyalarda ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar muhokama qilindi.

Powered by GSpeech