Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi doktoranti, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Shahlo Safarova Latviya universitetida (University of Latvia) bir oylik ilmiy-amaliy stajirovka o‘tab qaytdi. Ushbu stajirovka Yevropa Ittifoqining ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida tashkil etildi.
Stajirovka doirasida tadqiqotchi Latviya universiteti professor-o‘qituvchilari va xalqaro tadqiqotchilar ishtirokida tashkil etilgan ilmiy va o‘quv seminarlarda qatnashish, mavzuga oid dolzarb ilmiy-amaliy muammolar yuzasidan fikr almashish imkoniga ega bo‘ldi. Shuningdek, Universitet qoshidagi axborot-resurs markazlarining zamonaviy o‘quv, metodik va ilmiy adabiyotlari bilan tanishdi.
Milliy markaz doktoranti Sh. Safarovaning e’tirof etishicha, mazkur stajirovka unga inson huquqlarini ta’minlashdagi xalqaro tajribani yaqindan o‘rganishda juda qo‘l kelgan. Qolaversa, inson huquqlari ta’limi masalalari, Yevropa mamlakatlarida ushbu sohalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ilg‘or yondashuvlar yuzasidan nazariy va amaliy bilim hamda ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qilgan.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 30.07.2025
- Ko'rishlar: 298
- Chop etish