Mehnat munosabatlari va kasbga o‘qitish tizimi takomillashtirilmoqda

Joriy yil 1-noyabrdan ishsizlik nafaqasi faqat mehnat shartnomasi bekor qilingan shaxslarga to‘lanadi. Bu yangi tartib O‘zbekiston Prezidentining yaqinda, 4-avgust kuni imzolangan «Mehnat munosabatlari va kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda ish beruvchilarni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonida ko‘zda tutilgan.

Prezident Farmoni bilan O‘zbekistonda ish beruvchilar uchun belgilangan ayrim talablar bekor qilinmoqda. Xususan, bo‘sh ish o‘rinlariga bandlik organlari yuboradigan shaxslarni ishga qabul qilmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik hamda bo‘sh ish o‘rinlari mavjudligi to‘g‘risidagi hisobotlarni majburiy taqdim etish bekor bo‘ladi.

Farmonga ko‘ra, 2025-yil 1-noyabrdan xo‘jalik yurituvchi subyektlar quyidagi shaxslar uchun ish o‘rinlarining majburiy zaxiralarini shakllantiradi:

  • nogironligi bo‘lgan shaxslar;

  • oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar;

  • Kambag‘al oilalar reyestridagi oilalarning a’zolari;

  • muqobil joylashtirish shakllarida tarbiyalangan yetim shaxslar;

  • ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan shaxslar.

Bunda majburiy zaxiralash:

  • xodimlar umumiy sonining 3 foizidan oshmasligi zarur;

  • xodimlari soni 100 nafardan ortiq bo‘lgan tashkilotlarga nisbatan qo‘llanadi.

  • Shuningdek, 2025-yil 1-noyabrdan ishsizlik nafaqasi faqat mehnat shartnomasi bekor qilingan shaxslarga to‘lanadi. Bunda:

  • ishsizlik nafaqasi so‘nggi 5-yilda kamida 18 oy ishlagan shaxslarga mehnat shartnomasi bekor qilingandan so‘ng ular 6 oy ichida murojaat qilganda, ularning oxirgi 18 oylik o‘rtacha ish haqi hisobidan 3 oy davomida to‘lanadi;

  • 1-oyda o‘rtacha oylik ish haqining 75 foizi, lekin mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3 baravaridan oshmagan miqdorda to‘lanadi;

  • 2- va 3- oylarda esa o‘rtacha oylik ish haqining 50 foizi, lekin mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3 baravaridan oshmagan miqdorda to‘lanadi.

Ishsizlik nafaqasini takroran belgilashda dastlabki tayinlangan nafaqani olish muddati tugagandan so‘ng qo‘shimcha ravishda kamida 12 oylik ish staji talab etiladi.

 

Inson huquqlari bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi

Milliy markazining

matbuot xizmati

Powered by GSpeech