MILLIY MARKAZDA “AQL GIMNASTIKASI” MUSOBAQASI
11 noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni hamda Kasaba uyushmalari tashkil etilganining 120 yilligi munosabati bilan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi xodimlari o‘rtasida shaxmat va shashka bo‘yicha sport musobaqasi o‘tkazildi.
Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jamoada do‘stona muhitni mustahkamlash va xodimlarning bo‘sh vaqtini maroqli o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan musobaqa qizg‘in va murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi.
Sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan “aql gimnastikasi” ustalari faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan mukofotlandi.
Shaxmat yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblar:
1-o‘rin — Atavullaev Rustam Ilyos o‘g‘li;

2-o‘rin — Mirjalov Asilbek Sho‘hrat o‘g‘li;

3-o‘rin — Ramazanov Azizbek Murodullo o‘g‘li;

4-o‘rin — Jumaniyozov Azamat Ro‘zmetovich.

Shashka yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblar:
1-o‘rin — Xandamov Yunus Toshqulovich;

2-o‘rin — Rahimova Muyassar Xabibullaevna;
3-o‘rin — Amirov Sherzod Adham o‘g‘li;

4-o‘rin — Hayitboev Farhod Polvonovich.

Barcha ishtirokchilarni faol ishtiroki va g‘alabalari bilan chin dildan tabriklaymiz!


Bu kabi tadbirlar hamkasblar o‘rtasida sog‘lom raqobat va do‘stlik muhitini yanada mustahkamlashi, shubhasiz.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
Ўзбекча
English
Русский