14-yanvar kuni O‘zbekistonda Vatan himoyachilari kuni nishonlanadi
Ushbu kunda odatda erkaklar tabriklanadi, biroq ayollarning ham jamiyatni himoya qilish va xavfsizlikni ta’minlashga qo‘shayotgan muhim hissasini unutmaslik lozim.
Harbiy va huquqni muhofaza qilish sohasida faoliyat yuritayotgan ayollar har kuni Vatanga, qonun ustuvorligiga, adolat va xalq manfaatlariga sidqidildan xizmat qilmoqdalar. Ularning professionalligi va fidoyiligi YXHT Insoniylik mezonining asosiy qadriyatlari – qonun ustuvorligi va inson huquqlariga hurmatni yaqqol aks ettiradi.
Milliy hamkorlar bilan birgalikda YXHTning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori forma kiygan ayollar – kuchli, malakali va o‘z kasbiga sodiq insonlar haqida videorolik tayyorladi.
Vatan himoyachilari kuni muborak bo‘lsin!
YXHTning O’zbekistondagi loyihalar koordinatori rasmiy kanali
Ўзбекча
English
Русский