Ona sayyoramizga bag‘ishlov

22-aprel – Ona Yer kuni

Quloq shang‘illaydi...

Uchoq uchdimi?..

Qon bosimim oshib ketdimi yana...

Ofiyat pishadigan o‘choq o‘chdimi,

dori shimar onlar yetdimi yana.

 

Quloq shang‘illaydi,

bosh aylanar boz;

toqat yetmayapti nechun muhitga.

Uchar likobchada qildikmi parvoz,

nahot ona Yerda rizqimiz bitgan.

 

Quloq shang‘illaydi...

Kelmaydi ketgim,

bosim yoki uchoq tushsaydi qani;

aziz tuprog‘ini ko‘zimga surtgum,

peshonamga bitgan bu sayyoraning.

 

G‘ulom Mirzo

Powered by GSpeech