Mamlakatimizda inson qadrini uluğlaş, aholi salomatligini mustahkamlaş, soğliqni saqlaş tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantiriş hamda jamiyatda insonparvarlik, mehr-oqibat va özaro yordam qadriyatlarini keng tarğib etiş borasida tizimli islohotlar amalga oşirilmoqda.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-yanvarda qabul qilingan “2026–2030-yillarda qon bilan işlaş xizmatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori ijrosini ta’minlaş maqsadida davlat idoralari va mehnat jamoalarida beğaraz qon donorligi harakatini rivojlantirişga qaratilgan amaliy tadbirlar izçil ötkazilmoqda.
Mazkur qarorda belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi doirasida 24-noyabr kuni Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazida ezgulik va saxovatga yöğrilgan “Donorlik kuni” xayriya aksiyasi bölib ötdi.
Tadbir Toşkent şahar hokimligi Soğliqni saqlaş boş boşqarmasi hamda “Qon preparatlari” ilmiy-işlab çiqariş korxonasi bilan hamkorlikda taşkil etildi. Aksiyaning asosiy maqsadi — ixtiyoriy va beğaraz donorlik harakatini qöllab-quvvatlaş, bemorlar hayotini saqlab qoliş uçun zarur qon zaxiralarini şakllantiriş hamda xodimlar orasida soğlom turmuş tarzi va ijtimoiy mas’uliyat hissini yanada oşirişdan iborat.
Aksiya davomida “Qon preparatlari” ilmiy-işlab çiqariş korxonasining malakali şifokor va mutaxassislari tomonidan qon topşirişning inson salomatligi uçun foydali jihatlari, donorlikka qöyiladigan tibbiy talablar hamda xavfsizlik qoidalari haqida batafsil tuşuntirişlar berildi.
Şundan söng Milliy markaz rahbariyati va xodimlari belgilangan tibbiy körikdan ötgan holda ixtiyoriy va beğaraz ravişda qon topşirib, uşbu xayrli taşabbusda faol iştirok etdilar.
Şuni ham qayd etiş joizki, bugungi kunda mamlakatimizda beğaraz donorlar sonini köpaytiriş va qon zaxiralarini boyitişga alohida e’tibor qaratilmoqda. Binobarin, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilişdek şarafli vazifani bajarib kelayotgan Milliy markaz jamoasining uşbu aksiyadagi faolligi inson qadri va uning yaşaş huquqini asraş yölidagi amaliy namuna böldi.
Bir tomçi qon — bir inson hayotiga umid demakdir. Bu kabi xayriya tadbirlari jamiyatimizda hamjihatlik va insonparvarlik muhitini yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Inson huquqlari böyiça
Özbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
