“New York Times” gazetasi Amerika armiyasining Afg‘onistondagi muvaffaqiyatsizligini fosh etuvchi maqolalari uchun 109-Pulitser mukofotini qo‘lga kiritdi.
Ushbu jurnalistik tadqiqot turkumi yetti maqoladan iborat bo‘lib, ilgari nashr etilmagan arxiv materiallari, shuningdek voqea joyidan olingan ma’lumotlar va sodir bo‘lgan fojiada AQSHning o‘rnini chuqurroq anglash imkonini beruvchi turli intervyularni jamlagan.
Jurnalistika sohasidagi ulkan yutuqlar uchun jami 15 ta mukofot egalariga topshirildi. Ikkitasi 2024 yil 13 iyul kuni Trampga nisbatan uyushtirilgan suiqasd tafsilotini tezkor yoritgani uchun “Washington Post” gazetasi jamoasiga va “New York Times” gazetasi foto muxbiriga borildi.

Yana bir mukofot “The Wall Street Journal”ga “dunyoning eng boy odami Ilon Maskning siyosiy va shaxsiy qarashlari o‘zgarishi, jumladan konservativ siyosatga qaytishi, qonuniy va noqonuniy giyohvand moddalarni iste’mol qilishi hamda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan shaxsiy suhbatlari haqida hikoya qilgani uchun” berildi.
E’tirof qilingan mavzular orasida Qo‘shma Shtatlardagi giyohvand moddalarga qarshi urush hamda G‘azo va Suriyadagi harbiy amaliyot ham bor.
Adabiyot, drama va musiqa sohasidagi yutuqlar uchun 8 ta mukofot topshirildi.

Pulitser mukofoti har yili madaniy sohalarni namunali yoritgan hamkasblarimiz mehnatini rag‘batlantirib, ular erishgan yutuqlardan jamoatchilikni xabardor qilish orqali yuqori professional standartni saqlashga hissa qo‘shganlarga beriladi. Mukofot 1917 yil mashhur gazeta noshiri Jozef Pulitser tomonidan ta’sis etilgan.
S.Rahimov, O‘zA
- Qo'shildi: 02.06.2025
- Ko'rishlar: 535
- Chop etish