Odam savdosi – davr muammosi (+video)

BMT ma’lumotiga ko‘ra, dunyoda har yili taxminan 2 million 700 ming kishi odam savdosining qurboniga aylanmoqda. Xalqaro ekspertlarning baholashicha, ushbu jinoyatchilik natijasida olinayotgan yillik daromad miqdori 7 milliard AQSH dollaridan oshib ketgan. Tashvishlanarlisi, odam savdosi jinoyatidan jabrlanganlarning 80 foizi ayol va bolalardir. Har yili dunyo bo‘yicha 600–800 ming nafar ayol va bolalar aldov yo‘li bilan xorijiy mamlakatlarga olib ketilib, sotib yuborilmoqda.

Afsuski, dunyo bo‘ylab shuncha keng qamrovli amaliyot, tegishli targ‘ibot-tashviqot olib borilishiga qaramay, har yili millionlab insonlar "zamonaviy qullik", ya’ni odam savdosi qurboniga aylanmoqda. Ular orasida ayollar, qizlar, keksalar, hatto yosh bolalar ham borligi judayam achinarli. Ushbu jinoyatning rivojlanishiga turtki bo‘layotgan asosiy omillardan biri odamlarning chet elga borish va ishga joylashish haqida yetarli ma’lumotga ega emasligidir. Achinarlisi, o‘zga davlat, begona bir muhitga tushib qolganlar mo‘may daromad ilinjida og‘ir jismoniy mehnatga yollanmoqda, ayollar esa tuban va fahsh ishlarga majbur etilmoqda.

Bugungi lavhamizda yurtimizda odam savdosiga qarshi kurashish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar, qonuniy migratsiya, xorijga chiqqanda shartnoma shartlari bajarilmasa, migratsiya agentligi tomonidan ko‘rsatiladigan yordam haqida Migratsiya agentligining mas’uli Alisher Qodirov batafsil ma’lumot beradi.

M.Turdaliyeva, I.Ismatov O‘zA

Powered by GSpeech