O‘zbekistonda 15 mingga yaqin kutubxona faoliyat yuritmoqda

O‘zbekistonda aholining bilim va ma’rifiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan kutubxonalar soni yil sayin oshib bormoqda.

Milliy statistika qo‘mitasi 2025 yil boshiga qadar mamlakat bo‘ylab faoliyat yuritayotgan kutubxonalar, ularning fondi va foydalanuvchilari haqida yangilangan ma’lumotlarni e’lon qildi.

Mazkur hisobotga ko‘ra, 2025 yil 1 yanvar holatida mamlakatda jami 14 ming 999 ta kutubxona ishlamoqda.  

Kutubxonalardagi kitob va jurnallar jami 85 million nusxani tashkil etgan. Foydalanuvchilar umumiy soni 12,8 million kishini tashkil qilib, ularning 31,6 foizi — 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar, 45,9 foizi — 15–24 yoshdagi yoshlar, 22,6 foizi — 25 yosh va undan katta yoshdagi fuqarolardan iborat.

Hududlar kesimida kutubxonalar soni:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 934 ta,

Andijon viloyati — 1 065 ta,

Buxoro viloyati — 764 ta,

Jizzax viloyati — 868 ta,

Qashqadaryo viloyati — 1 476 ta,

Navoiy viloyati — 489 ta,

Namangan viloyati — 891 ta,

Samarqand viloyati — 1 863 ta,

Surxondaryo viloyati — 1 159 ta,

Sirdaryo viloyati — 526 ta,

Toshkent viloyati — 1 467 ta,

Farg‘ona viloyati — 2 108 ta,

Xorazm viloyati — 688 ta,

Toshkent shahri — 701 ta.

Statistikaga ta’lim muassasalari kutubxonalari, mahalliy hokimiyatlar axborot-resurs markazlari hamda vazirlik va idoralar tasarrufidagi axborot-kutubxona markazlari ham kiritilgan.

Hamroz Bayanov,

O‘zA

Powered by GSpeech