O‘zbekistonda taqiqlangan manba va kontentlarning yangilangan ro‘yxati e’lon qilindi
Oliy sud tomonidan 2026-yil 10-yanvar holatiga ko‘ra ekstremizm va terrorizm g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi deb topilgan taqiqlangan manba va kontentlar ro‘yxati yangilandi.
Mazkur materiallar ekstremistik g‘oyalarni tarqatish, zo‘ravonlik va terrorizmni oqlash, konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilish alomatlarini o‘z ichiga olgan deb baholangan.
Qonunchilikka muvofiq, ushbu manbalarni tarqatish, saqlash yoki targ‘ib qilish ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.
"Hurmatli fuqarolar! Qadrli ota-onalar va yoshlar! Diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizm tuzog‘iga tushib qolishdan doimo saqlaning. Ular hayotingiz va orzularingizni barbod qilishiga aslo yo‘l qo‘ymang," — deyiladi Oliy sud xabarida.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Yangi O‘zbekiston» va «Pravda Vostoka» nashri
Ўзбекча
English
Русский