Saida Mirziyoyeva Jenevada Jahon savdo tashkiloti bosh direktori bilan uchrashdi

Kecha Jenevada Jahon savdo tashkiloti Bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala xonim bilan uchrashdik, deb yozadi Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva o‘zining telegram kanalida.

 

"Muloqot davomida yurtimizda amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlar, JSTga a’zo bo‘lish yo‘lidagi yangi ehtimoliy qiyinchiliklar hamda ishonch va hamkorlikning muhim ahamiyati haqida ochiq fikr almashdik.

Ngozi xonimga liderlik va doimiy qo‘llab-quvvatlov uchun minnatdorlik bildirdim. Bu jahon savdosi uchun muhim davr bo‘lib, O‘zbekiston islohotlar doirasida o‘z majburiyatlarini qat’iyat bilan bajarishda davom etadi", deb yozadi Saida Mirziyoyeva.

 “Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati»

Powered by GSpeech