Samarqandda yangi bolalar kutubxonasi ochiladi

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva oʻz sahifasida Samarqand shahrida barpo etilayotgan Bolalar kutubxonasi loyihasi bilan tanishgani haqida maʼlum qildi.

Yangitdan ochilishi koʻzda tutilgan Bolalar kutubxonasi 1911-yilda barpo etilgan tarixiy binoda joylashadi. Toshkentdagi kutubxona singari ushbu inshoot ham madaniy oʻziga xosligi va davr ruhi saqlangan holda, ehtiyotkorlik bilan restavratsiya qilinadi.

«Ushbu dargoh bolalar, oʻsmirlar, ularning ota-onalari va ustozlari uchun chinakam ijodiy maskanga aylanadi. Loyihada inklyuzivlikka alohida eʼtibor qaratilgan: koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalar uchun audiofond tashkil etish rejalashtirilgan.
Kutubxona fondi oʻzbek, ingliz va rus tillarida jami 120 000 jild kitobni oʻz ichiga oladi.
Bu Samarqand ahli uchun ajoyib, maʼnaviy boylikka toʻla jozibador maskan boʻlishi shubhasiz. Loyihaga muvaffaqiyat tilab qolaman«, — deyiladi xabarda.

“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati»

Powered by GSpeech