Tojikistonda «layk« uchun jinoiy javobgarlik bekor qilinadi

Mamlakatda shu paytga qadar Jinoyat kodeksining ushbu normasi bilan 1507 kishi javobgarlikka tortilgan.

Joriy yil 14-may kuni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon "Tojikiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi. Mazkur hujjat bilan 2018-yildan buyon amalda bo‘lib kelgan ijtimoiy tarmoqlarda «layk» yoki shunga o‘xshash boshqa belgilar yordamida munosabat bildirganlik uchun jinoiy javobgarlik bekor qilinadi.

Avvalgi tartibda taqiqlangan materiallarga qo‘yilgan «layk»lar va ulashishlar internetda terrorizmni qo‘llab-quvvatlash deb malakalanar va 15-yilgacha qamoq jazosi bilan jazolanardi.

Belgilanishicha, yangi o‘zgarish mamlakatda ekstremistik tashkilot deb topilgan manbalar tarqatgan materiallarga qo‘yilgan «layk» yoki boshqa belgilarga tegishli emas.

OAVning yozishicha, mamlakatda shu paytga qadar Jinoyat kodeksining ushbu normasi bilan 1500dan ortiq kishi javobgarlikka tortilgan.

“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati»

Powered by GSpeech