Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlari bo‘yicha xalqaro majburiyatlarga rioya qilinishining holati to‘g‘risida axborot” chop etildi. U “Yangi O‘zbekiston va inson huquqlari” turkumi doirasida nashr qilindi.
Axborotda 2023-yilda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasi ijrosi, inson huquqlari bo‘yicha xalqaro majburiyatlarning bajarilishi, konstitutsiyaviy islohotlar, inson huquqlari sohasida ta’lim hamda xalqaro hamkorlik borasidagi faoliyatning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim qilingan. Kitob “Kirish” qism va 6 ta bobdan iborat.
Yangi nashr bilan Milliy markazning Inson huquqlari bo‘yicha axborot-kutubxona markazi – «Inson huquqlari uyi» kutubxonasida tanishish mumkin.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 28.02.2024
- Ko'rishlar: 2887
- Chop etish