17-18-noyabr kunlari Bişkek şahrida Gender zöravonlikka barham beriş böyiça Markaziy Osiyo alyansi va ÇANGE dasturining yillik forumi bölib ötdi. Forum Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Özbekistonning davlat organlari, fuqarolik jamiyati taşkilotlaridan qariyb 60 nafar vakillar hamda ekspertlarni özida jamladi.
Forum Alyans tomonidan ÇANGE dasturi bilan hamkorlikda va "BMT – ayollar" tuzilmasining texnik kömagida taşkil etildi. Qirğiz Respublikasi Mehnat, ijtimoiy ta’minot va migratsiya vazirligi asosiy hamkor sifatida iştirok etdi.
Forumda Özbekiston nomidan Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi mas’ul xodimi Sevinç Jamşidova, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oila va xotin-qizlar qömitasi hamda nodavlat notijorat taşkilotlari vakillaridan iborat delegatsiya qatnaşdi.
Özbekiston delegatsiyasi nomidan Prezident Administratsiyasi vakili sözga çiqib, mamlakatimizning gender zöravonlikning oldini oliş va unga nisbatan çora köriş sohasidagi tajribasi, ustuvor yönalişlari hamda yondaşuvlari haqida ma’lumot berdi.
Forumning birinçi kunida iştirokçilar Alyans va ÇANGE dasturi örtasidagi hamkorlik natijalarini körib çiqdilar, "Amaliyotlar yarmarkasi" şaklida öz mamlakatlari tajribasini namoyiş etdilar. Şuningdek, umumiy muammolar, avvalo, onlayn makondagi zöravonlik masalasi va Alyansning 2026–2027-yillarga möljallangan Yöl xaritasi muhokama qilindi.
“Jahon kafesi” formatidagi mavzuli muhokamalar zöravonlikning oldini oliş va ijtimoiy me’yorlarni özgartiriş, idoralararo qayta yönaltiriş xizmatlari va mexanizmlari, erkaklar, yoşlar hamda mahalliy hamjamiyatlar bilan işlaş, raqamli innovatsiyalar, davlat va fuqarolik jamiyati hamkorligi masalalariga bağişlandi.
Tadbirning ikkinçi kuni amaliy sessiyalar, jumladan, xotin-qizlar huquqlarini himoya qiliş va qöllab-quvvatlaş xizmatlaridan foydalaniş imkoniyati, ijtimoiy tarmoqlarda xavfsiz muloqot hamda yoşlarning raqamli faolligi böyiça maşğulotlar ötkazildi.
Özbekistonning mazkur forumdagi iştiroki mintaqa davlatlari bilan tajriba almaşişga, şuningdek, gender zöravonlikning oldini oliş sohasida davlat organlari va fuqarolik jamiyati örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Inson huquqlari böyiça
Özbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
